fbpx

mohirdev praktikum

Golang Dasturlash

Play Video

Kursga yozilish

Nima uchun Golang dasturlash?

Odatda har qanday o'rganuvchi birinchi dasturlash tilini tanlashda qiynaladi va buning yechimini qidiradi. Mukammal Universitetlar, bilim dargohlari yoki mutaxassis dasturchilar hech ikkilanmay Compiled dasturlash turidan bir til tanlashni maslahat beradi.

Bular orasida eng mashhurlari C,C++ va Go hisoblanadi.

Go dasturlash tili eng zamonaviy compiled til hisoblanadi. Va aynan C,Java yoki C# dasturlash tillarining o'rnini bosish uchun Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Microservislarda yoki gigant korxonalarda .NET yoki Java o'rniga hozirgi kunda aynan Go dasturlash tilidan foydalanish ommalashmoqda. Go yangi dasturchilar tez o'rganib ketishi va buglarni kamaytirishga yordam berish uchun Google tomonidan juda sodda va o'rganish oson qilib ishlangan.

Agar siz hech qachon dasturlash sohasiga kirib ko'rmagan bo'lsangiz, birinchi Godan boshlang. Sababi Godagi kalit so'zlar ataylab kam qilingan va sintaksisi qiyin emas. Atiga 25 ta kalit so'zga ega.

Nima uchun aynan Golang praktikum kursi?

Siz uchun qulay vaqtda
Kurslarni o’zingizga qulay vaqtda, joriy ishlaringizga xalaqit qilmagan holda o’rganib borishingiz mumkin.

Oddiy dasturchi bo’lmaysiz

Biz sizga haqiqiy dasturchi bo’lishingizga yordam beramiz. Sintaksisni yodlab olgan, “coder”lardan ajralib turasiz. Fikrlashni, muammolarni yechishni o’rgatamiz.

Murakkab loyihalarga asoslangan portfolio

Kursdagi murakkab loyihalarni qilish orqali tajriba oshirib borasiz. Yig’ilgan portfolioingiz ishga kirishingizga yordam beradi.

Amaliy topshiriqlar

Har bir modul oxirida topshiriqlarni bajarib borasiz. Bu sizga olingan bilimni mustahkamlashga yordam beradi.

Kichik loyihalar

Yuqorida aytilgan murakkab loyihalardan tashqari, har bir modulda kichik kichik loyihachalar ham qilib boriladi. Bu sizni kattaroq loyihalar qilishingizga zamin yaratadi.

Kuchli mutaxassislar

Praktikum Go sohasidagi tajribali, Senior dasturchi tomonidan o’tiladi.

Kurs kimlar uchun?

Endi boshlayotganlar uchun

Golang kursi 0dan tushuntirilgani uchun hech narsani bilmaydigan o’quvchilar uchun ayni muddao.

Backend dasturchi bo’lishni istaganlar uchun

Ushbu kursni asosan backendga ya’ni algoritmik qismga qiziquvchilari o’rganishlari mumkin. Microservislar va shunga o’xshash atamalar uchun mos keladi.

Dasturchilar uchun

Boshqa dasturlash tillarini biluvchi, ammo Golangni ham o’rganmoqchi bo’lganlar uchun juda ajoyib tanlov bo’la oladi.

Kurs tarkibi

01. Go sintaksis, SQL Fundament va Dependency Management

Har qanday dasturchi ma’lum yo’nalishda mukammal bo’lishi kerak. Bu bo’lim eng katta bo’limlarimizdandir. Bu yerda siz nafaqat Go dasturlash tilini o’rganasiz balki har qanday dasturlash tilidagi tushunchalarni egallaysiz. Basic qismidan tortib Golangning nozik nuqtalarigacha shu bo’limda mavjud. Bu bo’lim praktikumdagi eng katta va eng muhim bo’limlardan hisoblanadi. Chunki dasturlashning asoslarisiz hech qanday texnologiyani to’laqonli mustaqil ishlata olmaymiz. Bu bo’limda asosan loyihalar CLI(command line inteface, terminal, qora oyna)da amalga oshiriladi. Va loyihalar ko’lami basic holatda bo’ladi. Database va OOP(goda mavjud emas)ning asoslarini o’rganasiz.

02. Authentication, GIT, Algoritimlar, HTTP, HTTPS, Basic Serverlar

Bu bo'limda asosan katta va real life loyihalarini boshlaymiz! Github bilan ishlash, User tizimlarini(signin,signup va h.k) aynan shu bo’limda o'rganamiz. Va o’zimizning serverni oyoqqa turg’azamiz, ya'ni endi real life loyihalar ustida praktikumni davom ettiramiz! Bu bo'limda o'qib, example loyihalar uchun Olx, Netflix yoki Pinterestlarning backendini qisman bajara olasiz.

03. Frameworklar: Beego, Gin, Echo

Hozirgi kunda Go dasturlash tilida frameworklar odatda kam so’raladi. Ammo ulardan birini o’rganish hech ham zarar qilmaydi. Bu bo’limda yuqoridagi 3 frameworkdan birini o’rganishni boshlaymiz. Misol uchun Flutter, Express,React,Angular yoki hamma bilgan Nodejs(Nodejs framework emas enviroment)larga o’xshash. Frameworklar odatda ishimizni tezlashtirish va unumdorligini oshirish maqsadida bir qancha librarylarning bir yerda to'planishidir. Va biz ham frameworklar haqida tushunchaga ega bo’lamiz.

04. Database: SQL – PostgreSQL, MySQL va Cloud Databases

Birinchi bo’limizda o’rganganimiz database basiclarini bu bo’limda mustahkamlashga va eng muhimi ularni real life loyihalari bilan birgalikda qo’llashga harakat qilamiz. Databaselar 2ga bo’linadi Sql va Nosql. Biz bularning orasidan birini tanlab o’shanga bor focusimizni qaratishga harakat qilamiz. Albatta ikkalasi haqida ham tushunchaga ega bo’lish sharti bilan.

05. Testing: Ginkgo, GoCheck, Behavioral Integration

Har qanday dasturlash tilining yoki texnologiyaning unumdorligini oshirish va vaqtdan tejash maqsadida testingdan foydalaniladi. Ya’ni testing faqatgina Golangda mavjud narsa emas. Uni istasak Nodejs yoki Flutter, istalgan dasturlash tilida ishlata olamiz. Testingning asosiy mohiyati dastur yozilayotgan vaqtda qandaydir joyda muammo borligini qo’lda tekshirish uchun ketadigan vaqtni tejashdan iborat aslini olganda. Misol uchun siz katta loyihani tugatdingiz ammo bir qismida o’zgartirish kiritdingiz, bu o’zgartirish boshqa joylarda jiddiy xatolarga sabab bo’lishi mumkin. Va aynan shu xatolarni tekshirishni soddalashtirish va avtomatlashtirish maqsadida testlar yoziladi.

06. Design Patterns: Structural, behavioral, creational

Har bir bo’limda o’rganganlarimizni birlshtirib Design Patternlar haqida ma’lumotlarni kuchaytirib borishimiz kerak. Bu bo’limda Design Patternlar haqida maqolalar yozamiz va ularning eng asosiylari haqida tushunchaga ega bo’lamiz. Aslini olganda bo’lim nazariy holatda o’tiladi desam ham mubolag’a bo’lmaydi. Shuncha praktikaning ichida albatta ozroq nazariya ham zarar qilmaydi 🙂

07. Golang Projectlar: Open Source Projectlar va Portfolio qilish

Va nihoyat bu bo’limda o’z loyihalarimizdan tashkil topgan portfoliomizni tayyorlaymiz. Aynan shu bo’limda amalga oshirganlarimiz kelajakda bizni ishga topshirish salohiyatimizni oshiradi. Har bir korxona dasturchi bilan suhbatda albatta uning portfoliosini va CVsini diqqat bilan ko’zdan kechiradi. Va shu holatlarga tayyorgarlik ko’rish ishga topshiruvchi uchun ancha foydali bo’ladi.

08. Restful Api (Web): Flutter + Golang, Frontend + Golang

Oxirgi bo’limimiz esa real life loyihalarni to’liq bajarish orqali o’tadi. Yani biz boshqa praktikumdagi o’quvchilardan foydalanib butun boshli loyihalarning qanday amalga oshirilishini o’rganamiz. Misol uchun biz backend qilamiz boshqa praktikumdagi do’stlarimiz frontend yoki mobil qismini qilishadi. Bu bo’lim orqali siz nafaqat bilim balki eng asosiy bo’lgan tajribaga ega bo’lasiz. Netflix, Olx, Ecommerce, News yoki Youtubega o’xshagan loyihalarni bajara olasiz. Va aytib o’tilganlardan birini to’liq loyihasini amalga oshiramiz!

Kursning ochiq qismini ko'rib, ishonch hosil qiling

1-dars: Go dasturlash tili nima?

17-dars: Variable nomlash va Variable nima

26-dars: If else statements

O'quvchilarning fikri


Jessica Felicio

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Cody Fisher

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Annette Black

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.


Theresa Webb

Thousands of easy‑to‑install add‑ons mean you’ll never outgrow your website. Collect leads, create contact forms, create subscriptions, automatically backup your site.

Kurs uchun to'lov

Biz Payme va CLICK orqali to’lov qabul qilamiz

Kurs narxi

1 500 000 so'm

Kursga yozilish

Ko'p beriladigan savollar

Golang dasturlash kursimizning umumiy narxi 1,5 mln so’m. Shu sabab bu summani 6 oy uchun deyishimiz mumkin. 

Praktikum Go sohasidagi tajribali, Senior dasturchi tomonidan o’tiladi. Kurs davomida o’quvchilar ish jarayonida talab qilinadigan eng zarur ko’nikmalarni va eng yangi texnologiyalarni o’zlashtiradilar. Kurs davomida murakkab loyihalarni qilish orqali tajriba oshirib boriladi. So’ng yig’ilgan portfolio ishga kirish uchun yordam beradi.

Kursni boshlash uchun hech qanday talab yo’q, chunki kursimiz 0 dan boshlab o’rgatiladi.

Kurs onlayn videodarslardan tashkil topgan. Videodarslar platformaga joylashtirilgan. Foydalanuvchilar onlayn videodarslarni ko’rishlari mumkin. So’ng berilgan vazifalarni bajarib, yopiq guruhda o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishi mumkin. Undan tashqari asosiy o’qituvchi zoom uchrashuvlar ham bo’lib o’tadi.

Har bir modul so’ngida test topshiriqlari beriladi. Bu topshiriqlar orqali olgan bilimlaringizni mustahkamlab olishingiz mumkin. Bundan tashqari, katta modullar so’ngida topshiriqlar berilib, yozgan kodingizni o’qituvchi tekshiradi va feedback beradi.

Ha, albatta. ZOOM uchrashuvlari o’tkaziladi va u yerda o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin.

Albatta. Xohlasangiz, bundan kamroq muddatda darslarni ko’rib tugatishingiz mumkin. Lekin biz kursni 6 oy davomida tugatishni tavsiya qilamiz.

Kurs foydalanish muddati cheklanmagan. Platformadagi videodarslarni istagancha qaytarib ko’rishingiz mumkin.

O’zingizga bog’liq. Haftasiga 10 soat vaqt ajratishni tavsiya qilamiz.

Kursimizni tugatib, siz Junior Golang dasturchi sifatida kompaniyalarda ishlashingiz yoki o’zingizni loyihangizni boshlashingiz mumkin.

Buning barchasi o’zingizga bog’liq. Sababi kursdagi bilimlardan tashqari sizning soft skillaringiz – kirishimlilik, jamoada ishlay olish, muammolarga yechib topish kabi ko’nikmalar maoshingizni belgilashda katta ro’l o’ynaydi. 

Xa albatta, shartnoma asosida bo’lib to’lashingiz mumkin. Umumiy summaning birinchi 750 ming so’mni to’laganingizdan keyin, 2 hafta o’tib qolgan yarmini ham to’lashingiz kerak bo’ladi. Shartnoma haqida batafsil ma’lumot olish uchun @mohirdevsales ga murojaat qiling.

Telegram orqali @mohirdevsales ga bog’lanib, kursimizni xarid qilishingiz mumkin.